13 sen 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Xuseyn Asxabovning jangini bekor qildi, u Tailandda bosqinchilik ustida qo'lga olindi + FOTO
Yarim engil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Xuseyn Asxabovning 7 oktyabr kuni Daniel Pinedaga qarshi kechishi kerak bo'lgan jangi bekor qilindi.
Malum bo'lishicha, bunga Xuseynning Tailandda bosqinchilik ustida qo'lga olingani sabab bo'lgan. Bir qator OAVlarning xabar berishicha, Xuseyn Asxabov hamda uning ukasi Tailandda Italiya fuqarosining uyiga bostirib kirib, uni qiynoqqa solgan.
"Biz Xuseyn Asxabovning xibsga olingani hamda unga qo'yilgan ayblovlardan xabardormiz. Voqea haqida qo'shimcha malumot to'plashda davom etamiz. UFC sud jarayoni tugaguniga qadar bu haqda bayonot berishni rejalashtirmayapti. Uning 7 oktyabr sanasiga belgilangan jangi bekor qilindi", - deyiladi liga bayonotida.
Havola :
Manba : МатчБоец
Fikrlar