04 iyu 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC yana besh jangchiga "chiqish" eshiklarini ko'rsatdi
UFC rahbariyati tashkilotning besh nafar jangchisi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Omadsizlar orasida rossiyalik Aleksandr Yakovlev ham bor. SHuningdek, UFC rahbarlari Emil Mik, Lara Prokopio, Roke Martines va Jo Ellenberger ham shartnomalarni bekor qilgan.
Aleksandr Yakovlev UFC promoushenida 2014 yilda debyut qilgan edi. U o'tgan 7 yil davomida 9 ta jangda oktagonga ko'tarilib, 6 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Oxirgi jangini 2020 yilning oktyabr oyida o'tkazgan bo'lib, o'shanda u ispaniyalik Yoel Alvaresga imkoniyatni boy bergandi.
Etiborga molik jihati, Yakovlev 2016 yilning iyul oyida Kamaru Usman bilan ham to'qnash kelgan. O'sha jangda Usman ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar