24 may 18:20
Yangiliklar
UFC yana bir tojikistonlik jangchi bilan shartnoma imzoladi, uning debyuti qachon bo'lishi malum
Gafurovning (18-4) UFC'dagi debyut jangi 3 iyun kuni UFC on ESPN 46 turnirida bo'lib o'tadi. Las-Vegasda o'tkaziladigan oqshomda tojikistonlik sportchiga AQSH vakili Jon Kastenada (19-6) raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, Gafurov UFC'ga zaxira jangchisi sifatida qo'shildi. Aslida Kastenada braziliyalik Mateus Mendonka (10-1) bilan jang qilishi lozim edi. Turnirning markaziy jangi o'ta engil vazn vakillari — Kay Kara-Frans va Amir Albazi o'rtasida bo'lib o'tadi.
"Biz UFC bilan shartnoma imzoladik. 3 iyun kuniga jangim belgilandi", - deydi 27 yoshli Muin.
Malumot uchun, Gafurov 2021 yilda Dana White's Contender Series saralash turnirida omadsizlikka uchragandi. O'shanda u kanadalik CHed Anxeligerga ochkolar hisobi bilan yutqazib, UFC promousheniga o'ta olmagan edi.
SHundan so'ng Muin Gafurov Legacy Fighting Alliance banneri ostida ikkita jang o'tkazib, Gerbert Reis de Souza va Diego Silvani nokautga uchratdi. Tojikistonlik faoliyati davomida ONE Championship, ACB va UAE Warriors promoushenlarida jang o'tkazgan.
Fikrlar