26 dek 16:33
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC yil jangini ham elon qildi
Dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan UFC 2022 yilning "Eng yaxshi jangi"ni aniqladi.
Yarimog'ir vazn toifasida chexiyalik Irji Proxazka hamda braziliyalik Glover Teysheyra o'rtasida o'tkazilgan dramatik jang kutilganidek "Yilning eng yaxshi jangi" deb topildi.
Singapurda o'tgan UFC 275 turnirida Proxazka jang yakunlanishiga 30 soniya qolgan bir paytda Teysheyrani bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Ular o'rtasidagi revansh jangi shu oy UFC 282 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Irjining qo'lidan olgan jarohati sabab jang bekor bo'lgan, chempionlik kamari esa vakant deya elon qilingandi.
Havola :
Fikrlar