15 dek 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC yulduzi Yoel Romero Bellator promoushenida debyut qiladi
O'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Yoel Romero faoliyatini yangi promoushenda davom ettiradi.
Kubalik 43 yoshli Romero shu haftaning o'zida Bellator promousheni bilan shartnoma imzolaydi. Bu malumotni Yoelning menejerlari Abe va Malki Kava ham tasdiqladi. Romero faoliyati davomida davogar sifatida to'rt marotaba chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilgan.
Malumot uchun, Yoel Romero so'nggi jangini shu yilning mart oyida UFC chempioni Israel Adesanyaga qarshi o'tkazgandi. Besh raund to'liq davom etgan jangda hakamlar ochkolar bo'yicha g'alabani chempionga taqdim etishgan edi. Romero oktagonga chiqadioan Bellator promoushening yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik Vadim Nemkov amaldagi chempion hisoblanadi. U shu yil avgustda amerikalik Rayan Beyderni kamarni tortib olgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar