20 jan 21:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Zarrux Adashev xitoylik raqibga qarshi jang qildi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Zarrux Adashev Abu-Dabidagi UFC Fight Night turniri doirasida jang o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga xitoylik Su Mudaerji raqiblik qildi. Uch raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi.
Yakunda g'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi va unda hamyurtimiz afsuski ochkolar hisobida (28-29, 28-29, 27-30) imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Adashev UFCdagi ilk jangini 2020 yilning iyun oyida o'tkazgan va o'shanda amerikalik Tayson Nemga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar