29 apr 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC'chilar o'qimasin! Mayk Perri BKFC'da kechagi jangi orqali dahshatli summa ishlab oldi
Kecha Amerika Qo'shma SHtatlarining Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida boks bo'yicha Bare Knuckle FC: Knuckle Mania 4 turniri o'tkazildi.
Musobaqaning markaziy jangida UFC sobiq jangchisi, yarim o'rta vazn toifasida amerikalik aralash yakka kurash ustasi Mayk Perri (14-8-0) ringga ko'tarildi. Unga braziliyalik yana bir UFC sobiq jangchisi - Tiago Alves (23-15-0) raqiblik qildi.
5 raundga mo'ljallangan mazkur jangda Perri raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi.
Malum bo'lishicha, Mayk Perri ushbu jang orqali 600 000 dollar kafolatlangan gonorarni ishlab olgan. U hali reklama va translyaciya pullaridan ham o'z ulushini oladi.
Avvalroq, ikkita vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makrgegorning BKFC ligasi akciyadorlaridan biriga aylangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar