So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

09 okt 10:21
Yangiliklar

Boks/MMA

UFCʼda bayroqlar bilan chiqishga ruxsat beriladi

Dunyoning birinchi raqamli MMA promousheni Rossiyaning Ukrainaga qilgan xarbiy yurishi sabab rossiyalik UFC jangchilarining oktagonga Rossiya bayrog'i ostida kirmasligi to'g'risidagi taqiqni bekor qildi.

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt Las-Vegasdagi matbuot anjumanida malum qildi.

"Bayroqlar qaytib keladi. Meksika Mustaqillik kuni tatilda edim va bayroqlarning yo'qligi meni hayron qoldirdi. SHunday qilib o'ylab ko'rdim, biz bayroqlarni qaytarib beramiz" - dedi Dana Uayt.

Uaytning so'zlariga ko'ra, dastlab u bu taqiqni katta muammo deb hisoblamagan va bunga qatiyan qarshi ham bo'lmagan, ammo vaqt o'tishi bilan u bo'layotgan voqealar unga yoqmagan.

"Bunday yirik kompaniyada har doim ko'p narsalar yuz beradi va hamma narsani nazorat qilib bo'lmaydi. Bazida ishlar to'g'ri amalga oshiriladi, bazan esa yo'q. Bu xonadagi hamma mening ko'p narsalarga qanday munosabatda ekanligimni biladi. Asosan menga baribir. Bu ko'p savollarga javob.

Hamma sezgir bo'lib qoldi. Qaror qabul qilinganda, "Ularning bayroqlari bo'lmasa nima bo'ladi?" deb o'yladim. Meksika Mustaqillik kunida: "Etar, bu taqiqni olib tashlash vaqti keldi" deya o'yladim. SHunday qilib, bayroqlar qaytib keladi va agar biron bir bayroq sizni ranjitsa, o'zingiz uchun yomon bo'ladi" - deya qo'shimcha qildi UFC rahbari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing