12 sen 10:56
Yangiliklar

UFCda debyut qiladigan Rahmonov Xabib - Getji jangining anderkardida oktagonga ko'tariladi
UFC 254 turnirining markaziy jangida engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi. "Yil jangi"dan oldin esa sobiq M-1 ligasi chempioni, qozog'istonlik SHavkat Rahmonov braziliyalik 33 yoshli Elizeu Zaleski dos Santosga qarshi jang o'tkazadi. Bu Rahmonov uchun UFCdagi debyut jang bo'ladi.
Malumot uchun, SHavkat Rahmonov MMAdagi professional faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, barchasini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlagan. Tajribali Elizeu Zaleski dos Santos esa 2015 yildan beri UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. U 11 jangidan 8 tasida zafar quchgan. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. Zaleski so'nggi jangini aynan "Janglar oroli"dagi UFC 251 turnirida o'tkazib, Muslim Salixovga mag'lub (1:2) bo'lgan edi.
Fikrlar