28 sen 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA
UFCning Mark Xantga qarshi bo'lgan sudida qaysi tomon g'olib bo'ldi?
Nevada shtati federal sudi Mark Xantning UFCni ayblash bo'yicha qilgan murojaati qondirilmadi.
Uning 2016 yil iyulida Brok Lesnarga qarshi o'tkazilgan jangi Lesnarning doping testidan o'ta olmaganligi sababli o'tkazilmagan deb hisoblangandi. Xantning fikriga ko'ra, kompaniya vakillari Lesnarning doping qabul qilganini bilgan va o'zini havf ostiga qo'yib, oktagonga chiqishiga majburlashgan.
"Xant har bir nazariyasining qarama-qarshi tomon fikrlari borligini tan olmayapti. SHu boisdan uning bu murojaatini qabul qila olmaymiz", - dedi ushbu ishni ko'rib chiqqan sudya Jennifer Dorsi.
Xant 2018 yili UFCni tark etgandi. U 13 g'alaba, 14 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Havola :
Manba : MMAFighting
Fikrlar