28 mar 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCning yangi chempioni Jon Jons bilan jangga qachon tayyor bo'lishini aytdi
UFCning og'ir vazndagi yangi chempioni Fransis Ngannu sobiq chempion Jon Jons bilan jang qilishga tayyor.
"Jon Jons MMA tarixidagi buyuk jangchi. Uning og'ir vaznga o'tishi - ajoyib.
Bu men uchun ajoyib chorlov, rezyumeim uchun ham ajoyib nom. U davogar bo'ladi, men esa chempion.
U bilan jang qilaman. Iyul yoki avgustda jangga tayyor bo'laman", - dedi Ngannu.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan UFC 260 turnirida Ngannu Stipe Miochichni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar