05 sen 14:57
Yangiliklar
Engil atletika
Ugandalik sportchi o'g'il bola do'stining hujumidan so'ng vafot etdi, marhum tanasining 75 foizi kuyib ketgandi
Ugandalik engil atletikachi Rebekka CHeptegi o'g'il bola do'sti tomonidan hujumga uchragan va natijada tanasining 75 foizi kuyib ketgandi.
O'zaro tushunmovchilikdan so'ng yigit sportchiga benzin sepgan va o't qo'yib yuborgandi.
"Afsus va qayg'u bilan shuni malum qilamizki, bugun ertalab sportchimiz Rebekka CHeptegei uydagi zo'ravonlik oqibatida vafot etdi", - deyiladi Uganda engil atletika federaciyasi bayonotida.
CHeptegei 33 yoshda edi. U Parij Olimpiadasida marafon yo'nalishida qatnashib, 44-o'rinni egallagandi.
Havola :
Manba : x.com/UgaAthletics2
Fikrlar