So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

21 fev 20:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ukasining munosib izdoshi bo'la olmagan Nurmagomedov yoxud janglardan ko'ra "ishkallarda" tanilgan Abubakar

2019 yilda UFC ro'yxati Nurmagomedov familyasiga ega yana bir jangchi bilan to'ldirildi.

Abubakar Nurmagomedov MMA bo'yicha asosiy promoushenga imzo chekdi. Bu vaqtga kelib, u allaqachon aralash jang sanatlarida mashhurlikka erishib bo'lgandi, chunki u Xabibning Konor bilan jangidan keyin oktagonga ko'tirlganlardan biri edi. Abubakar tartibsizlikka uchib ketdi va irlandiyalik jangchi bilan mushtlashib ketdi. Keyin Konor birinchi bo'lib uni urganini aytdi. «Men qarzdor bo'lib qolmadim. Ikkita zarba berdim, so'ng katta «portlash» bo'ldi. Papaxa (dog'istonliklarning milliy bosh kiyimi) menga to'sqinlik qildi, u chap qo'limda edi», degandi sportchi. Keyinroq Nurmagomedov umuman jang qilishini istamaganini, shunchaki akasi ortidan yugurgunini aytib o'tgan. Faqatgina unga hujum qilishganida javob berishga majbur bo'lgan.  

Bir muncha vaqt o'tgach u UFC jangchisiga aylandi. 2021 yil boshida dog'istonlik oktagonda paydo bo'ldi va ilk jangida Jared Gudenni hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etdi. Kelgusi bahsi esa 2022 yilning oktyabr oyida ro'y berdi va yana hakamlar qarori bilan hamyurti Gadji Omargadjievni mag'lub etdi. O'tgan yilning iyun oyida bo'lib o'tgan to'rtinchi to'qnashuvida braziliyalik Eliseu Zaleski Dos Santosga bo'linma qaror hisobiga imkoniyatni boy berdi va shu bilan ko'rinish bermay qo'ydi. Bundan tashqari, janglarining hech birini tomoshabop deb bo'lmaydi, u hali ham yaxshi tomonga o'zgarganicha yo'q. SHuningdek, uning janglarida bir necha marotaba buzulishlar kuzatilgan. 

Aytish lozimki, Nurmagomedov har doim «shovqinli» yigit sifatida omma oldida obro'ga ega hisoblanardi. Xabib va Abubakar maktabni bir kun ham janjalsiz o'tkazmaganini va Eagle (Xabibning laqabi) hayotidagi voqealar va mojarolarning 80 foizi u yoki bu tarzda akasi bilan bog'liqligini aytgan. U Xabib va aka-uka Dias o'rtasidagi tartibsizlikda ishtirok etgan, keyin o'sha davrning mashhur mushtlashuvi Konorga qarshi bahsda ham qatnashgan. 2022 yilda Abubakar Omargadjievdan tashqari CHimaev bilan ham jang qilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ular deyarli bir yil davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali dahanaki janglar o'tkazishgan. Besh yilda to'rt jang o'tkazib, ikki g'alaba va ikki mag'lubiyat qayd etgan dog'istonlik UFC ro'yxatidan olib tashlandi. Uning dunyodagi eng mashhur promoushendagi karerasi havas qilarli darajada kechmadi. Ammo shuni ham takidlash lozimki, Abubakar Xabibdan farqli o'laroq hech qachon yuksak maqsadlarni ko'zlamagan. Muxlislar uning janglaridan ko'ra, janjallarini ko'proq eslashsa kerak. 

Muxlislar unga tez-tez savol berishadi: Abubakar UFC’da nima qiladi va Xabibning akasi bo'lishdan tashqari uning biror ustun tarafi bormi? Nurmagomedov bo'lsa ikkilanmasdan «Men Islam Maxachevning sinfdoshiman», deb javob bergan. Afsuski, qahramonimizning UFC’dagi sarguzashti o'z nihoyasiga etdi. Ligadagi rossiyaliklar soni bir nafarga kamaydi. Katta ehtimol bilan uni yaqin orada boshqa ligalarda ko'rishimiz mumkin. Balki boshqa erda Abubakar o'z formasini tiklab olar. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing