23 mar 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Ukrainalik bokschi Rossiya bilan urushda halok bo'ldi
Ukrainalik umidli bokschi Maksim Galinichevning Rossiyaga qarshi kechayotgan urushda halok bo'lgani malum qilindi.
"Ukrainalik bokschi 2017 yilgi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining oltin medalini qo'lga kiritgan. 2018 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarining kumush medali hamda 2021 yilgi 22 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionatining kumush medali sohibi bo'lgan.
2022 yil may oyida u Evropa chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgan va havo hujumi qo'shinlari tarkibiga ko'ngilli bo'lib qo'shilgan edi. Ikki marta jarohat olganidan keyin ham u urushga qaytgandi. Maksim 10 mart kuni Lugansk viloyatida o'z vatanini himoya qila turib, halok bo'ldi", - deya bayonot beradi Ukraina boks federaciyasi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar