24 apr 12:30
Yangiliklar
Ukrainalik ekspert Kunkabaevning Jalolovni mag'lub etish imkoniyatlari haqida gapirdi
Har ikki bokschi ham Olimpiada-2024 licenziyasini qo'lga kiritgan. Jalolov va Kunkabaev yaqinda Ozarbayjondagi turnirda ham to'qnash kelishlari mumkin edi. Lekin qozog'istonlik bokschi kutilmaganda rossiyalik raqibiga yutqazib qo'ygandi.
"Bilasizmi, professional boksda hamma narsa bo'lishi mumkin. Jarohat, betob bo'lib qolish kabi omillar sportchining soyasi kabi ergashib yuradi. SHu manoda, agar Kunkabaev ham, Jalolov ham o'zlarining optimal sport formalarida Olimpiada doirasida to'qnash kelib qolishsa, shubhasiz Bahodir jang favoriti bo'ladi. Bu bokschilar bir-birlari bilan etarlicha ringda to'qnash kelishgan. SHunday ekan, bo'lajak jangdan nimadir yangilik kuti mushkul. Ammo yana takror aytaman, ko'p narsa ularning o'sha jangga qanday holatda etib kelishlariga bog'liq bo'ladi", — dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Parij-2024 Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo'lib o'tadi.
Fikrlar