04 sen 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik UFC jangchisi 14 oyga chetlatildi
AQSH Antidoping agentligi (USADA) ukrainalik UFC jangchisi Aleksandr Doskalchukni 14 oyga diskvalifikaciya qildi.
Gap shundaki, Doskalchukning doping uchun topshirgan tahlilida taqiqlangan mesterolon moddasi aniqlangan. Endi ukrainalik sportchi 2021 yilning avgustigacha janglarda ishtirok eta olmaydi.
Aleksandrning diskvalifikaciya muddati yanada ko'proq bo'lishi mumkin edi. Lekin u shifokor yozib bergan receptni dalil sifatida taqdim eta olgani uchun jazo muddati kamroq berilgan.
Malumot uchun, Doskalchuk engil vazn toifasida sobiq M-1 chempioni hisoblanadi. Uning UFC promoushenidagi debyuti shu yilning 18 iyul kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo o'shanda u doping-testdan o'ta olmagandi.
Havola :
Fikrlar