27 iyu 09:13
Yangiliklar
Dzyudo

Ulaanbaatar Grand Slam. Bugun Bozorov va To'raboevdan medal kutamiz
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kungi bellashuvlariga ham etib keldik.
Musobaqaning so'nggi kuni erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar -78 va +78 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingiga beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi.
Bugungi bahslarda Umar Bozorov va O'tkirbek To'raboev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ularga g'alaba va omad yor bo'lsin. Hozircha hisobimizda bitta oltin medal bor. Musobaqaning ilk kuni Abdurahim Nutfulloev -66 kg vazn toifasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.
Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-90 kg: Umar Bozorov - Dagvadorj Cerendulam (Mo'g'uliston)/Li Nam Xun (Koreya Respublikasi)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Mansur Rahmon (Tojikiston)/Hangarid Gantulga (Mo'g'uliston)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar