26 iyu 11:36
Yangiliklar

Ulan-Bator "Katta Dubulg'a". Umumjamoa hisobida 5-o'rindamiz + Jadval
Bugungi bahslarda Gulnoza Matniyazova (-70 kg) va Obidxon Nomonov (-73 kg) terma jamoamizga 2 ta bronza medalini taqdim etishdi. Ikki kunlik bahslar yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 30 davlat orasida 5-o'rinni egallab turibmiz.
Kutilganidek, Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha peshqadam. Dzyudo vatani vakillari hisobida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bor. Mezbonlar 2 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikka musobaqada IJF bayrog'i ostida qatnashayotgan rossiyalik dzyudochilar 2 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakun yasashgan. Janubiy Koreya terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 4-pog'onaga joylashgan.
Fikrlar