So’nggi yangiliklar

14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0

18 avg 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #2: Jasurbek Latipov

Bugun Germaniyadagi jahon chempionatida -52 kg vazn toifasida jang qiladigan Jasurbek Latipov haqida gaplashamiz.

1991 yilda tug'ilgan Jasurbek uchun ushbu jahon chempionati birinchisi emas. Engil vaznli tezkor bokschi hisoblanadigan Jasurbek bungacha ikki marotaba jahon birinchiligida ishtirok etgan.

2011 yilda Bokuda bo'lib o'tgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi oradan ikki yil o'tib Almatida bo'lgan dunyo birinchiligida finalgacha etib borgan va o'shanda Misha Aloyanga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Orada 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada chorak finalgacha etib borib, mog'ulistonlik raqibga yutqazib qo'ygandi.

SHundan so'ng ushbu vazn toifasida terma jamoa yig'inlariga SHahobiddin Zoirov jalb etila boshlandi. Ikki yil oldin Doxada bo'lib o'tgan jahon chempionatida SHahobiddin ilk jangidayoq imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Rio Olimpiadasida esa Zoirov oltin medalni qo'lga kiritgani hali yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak.

Ushbu vazn toifasida Jazoir vakili Muhammad Flissi, kubalik Yosbani Veytia, qolaversa, irlandiyalik Brendan Irvayn, mezbon bokschi Xamza Touba va qozog'istonlik Azamat Issakulov Jasurbekning asosiy raqibi hisoblanadi. O'z o'rnida shuni takidlab o'tishimiz lozimki, Latipov Gavanada "WSB" janglari doirasida "Uzbek Tigers" safida Yosbani Veytiaga mag'lub bo'lgandi.

SHuningdek, Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida u Azamat Issakulovni yarim finalda mag'lubiyatga uchratdi. Demak, Issakulov o'sha mag'lubiyat uchun qasos olishga harakat qilishi aniq.

Jasurbek Gamburg turniriga yo'llanmani Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan. Vakilimiz o'sha turnirda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni O'zbekiston terma jamoasi hisobiga qo'shib qo'ygandi.



Nisbatan sovuqqon va og'ir bosiq Jasurbek uchun ushbu JCH uchinchisi hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi jahon chempionatlarida mos ravishda bronza va kumush medallarni qo'lga kiritgan sportchimiz uchinchi urinishda navbat qaysi medalga kelganini yaxshigina tushunib turibdi. Ammo, bu oson ish emas. Latipov ushbu jahon chempionatida kamida yarim finalgacha etib bora olishi kerak.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
18 avg 08:28:43
Bek
Мақола аввалгисига нисбатан яхши чиққан. Шу билан бирга, Жасурбек Латиповнинг асосий рақиблари ҳақида шу нарсани қўшимча қилиш мумкинки, Муҳаммад Флисси ва Йосбани Вейтиа шубҳасиз кучли рақиблар. Лекин Хамза Тоуба охирги Европа чемпионатида иштирок этмаган. Шунингдек, Брендан Ирвайндан кўра Белгиялик Даниел Асенов ва Англиялик Дин Фаррелларни асосий рақиблар сафига қўшиш мумкин. Бундан ташқари, Тошкентдаги Осиё чемпионати финалида иштирок этган Жанубий Кореялик Ким Ин Кьюни хам эсдан чиқармаслик зарур.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing