So’nggi yangiliklar

19:06"Реал" ёки "Барса"? Жавоҳир Синдаров қайси жамоага мухлислик қилишини айтди 0 18:45Байдарка ва каноэчиларимиз Осиё чемпионатини юқори нотада якунлашди 0 18:24Mangu 3 турнири Тошкентда ўтказилмайди. Мезбон шаҳар номи маълум 0 18:01"Ювентус" Германия терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда 0 17:39Энтони Жошуа Пренгга қарши жанг анонсига муносабат билдирди 0 17:17ХХХV Спартакиада шоҳсупасида Музаффарбек Тўрабоев, Давлат Бобонов ва бошқалар + ФОТО 0 16:52Инсайдер Конор Макгрегор қачон ва кимга қарши жанг қилиши мумкинлигини айтди 0 16:26Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси тур рамзий жамоасига киритилди 0 16:01Иржи Прохазка Анкалаев билан жанг қилишни истаяпти 0 15:39Чемпион Фомин Shymkent Challenger 2 турниридаги юришини бошлади 0 15:16Муҳиддин Мамажоновнинг кейинги жанги "кулачка"да бўлади (ПОСТЕР) 0 14:51Компани ПСЖ билан учрашувни УEФА вакили назорати остида томоша қилади ва жамоа билан умуман гаплашмайди 0 14:25"Блахович жароҳат олганига ишонмайман. Шунчаки рекордини сақлаб қолишга қарор қилди" - мураббий 0 14:01Ёш хоккейчиларимиз U-18 Осиё Кубогини ғалаба билан бошлади 0 13:39Фьюри ва Жошуа 2026 йилда жанг қилиш учун шартнома имзолади — инсайдер 0

19 avg 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #3: Murodjon Ahmadaliev

Bugun Germaniyadagi jahon chempionatida -56 kg vazn toifasida jang qiladigan Murodjon Ahmadaliev haqida gaplashamiz.

1994 yilda tavallud topgan namanganlik bokschimiz Murodjon Ahmadaliev Gamburgga favorit sifatida boradi. Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri hisoblanadigan "KAKA" bungacha 2015 yilda Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida qatnashishga ulgurgan.

Qitamizda bo'lib o'tgan jahon birinchiligida Murodjon finalgacha etib borgan va yakunda irlandiyalik Maykl Konlanga HAKAMLAR sabab imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Vaholanki, o'sha final jangida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo'lgandi. Yakunda sportchimiz JCH kumush medali bilan kifoyalanishga majbur bo'lgandi. O'sha jangdan ancha vaqt o'tganidan keyin Konlan o'zi jang qilgan eng kuchli bokschilar qatorida Ahmadalievni ham aytib o'tgandi.



Osiyo chempionatlarida ikki marotaba ishtirok etgan Murodjon 2015 yilda Bangkokda kumush medalini qo'lga kiritgandi. O'shanda u finalda mezbonlar vakili CHatchai Butdega yutqazgandi. Huddi o'sha yili bo'lib o'tgan jahon chempionatida vakilimiz chorak finalda kim aslida kim ekanligini ko'rsatib qo'ygan va 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Rio Olimpiadasida esa u principial raqiblaridan biri, qozog'istonlik Qayrat Eralievni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratgandi. Ikkinchi jangida argentinalik raqibini texnik nokaut qilgan Ahmadaliev final ostonasida kubalik ikki karra Olimpiada chempioni Robeysi Ramiresga imkoniyatni boy berib, yakunda bronza medallari bilan kifoyalangan.

Toshkentdagi Osiyo chempionatida esa u raqiblarini ketma-ket nokautlar hisobiga mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib borgan. Hal qiluvchi jangda esa xitoylik Jang Jiaveidan ustun kelib, qita chempionligini qo'lga kiritgandi. Jang yaqinlashib kelayotgan JCHda Murodjondan revansh olishga urinib ko'rishi aniq.



Bundan tashqari -56 kg vazn toifasida bokschimizga kubalik Xaver Ibanez (Murodjon WSB doirasida Samarqandda bo'lib o'tgan jangda uni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan), qozog'istonlik Qayrat Eraliev (Rio Olimpiadasi va JCH-2015da mag'lubiyatga uchratgan), Evropa chempionati sovrindorlari Piter MakGrail (Angliya), Mikola Butsenko (Ukraina) lar asosiy raqiblar hisoblanishadi.

Juda kuchli zarbaga ega bo'lgan bokschimiz jahon chempionati yo'llanmasini shu yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida qo'lga kiritgan. Sportchimiz o'sha turnirda barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.



Ilk jahon chempionatidayoq finalgacha etib borgan vakilimiz bu safar kamida shu natijasini takrorlashi lozim. O'zbek boks muxlislari Murodjon Ahmadalievdan oltin medal kutmoqdalar desak yanglishmagan bo'lamiz.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
19 avg 08:29:11
Bek
Муроджон Ахмадалиевнинг асосий рақиби шубхасиз Кубалик Хавьер Ибанез ва Хитойлик Жанг Жиавеи ҳисобланади. Чунки Муроджон мазкур рақибларни мезбонда қийинчилик билан мағлубиятга учратганини эсдан чиқармаслик зарур. Нейтрал майдонда бу икки рақиб устидан ғалаба қозониш Муроджонга қийинчилик туғдириш аниқ. Нима бўлганда хам Ахмадалиевдан совринли ўринлар кутилмоқда.
   
20 avg 10:20:25
Ангрен
JasurBeK foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizlarni bilmadimu lekin,kaka oltinga tortmaydi. Kubalik undan ancha ustun (buni Samarqanddagi jangdayam kuruvdik). Biroq kumush yo bronza olishiga bemalol potensiyali yetadi. Nma bulgandayam omad. Taxmin:49,69,75 kglarda oltin oliw imkoni yuqori.56,81kglarda kumuw,52,60 kglarda xarakat qiliwsa bronza oliwi mumkin. Og'ir vazndagilarimda esa imkoniyat kamroqday maximum 1/4 final.64 esa tajriba kam
Гапизга кушилмасдан иложимиз юк. Айни хакикатни ёзибсиз.
   
20 avg 08:47:59
JasurBeK
Sizlarni bilmadimu lekin,kaka oltinga tortmaydi. Kubalik undan ancha ustun (buni Samarqanddagi jangdayam kuruvdik). Biroq kumush yo bronza olishiga bemalol potensiyali yetadi. Nma bulgandayam omad. Taxmin:49,69,75 kglarda oltin oliw imkoni yuqori.56,81kglarda kumuw,52,60 kglarda xarakat qiliwsa bronza oliwi mumkin. Og'ir vazndagilarimda esa imkoniyat kamroqday maximum 1/4 final.64 esa tajriba kam
   
19 avg 20:31:59
Ангрен
Ахмадалиев булажак жахон чемпиони худо хохлса. Вакти келди энди...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing