So’nggi yangiliklar

18:28Шахмат. Ўзбекистон дунё рейтингида яна бир поғона юқорилади 0 17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0 16:30“Усман Топурияни тўрт раунд ичида тўхтатади” - менежер 0 15:48"Ислам учун бу узоқ тун бўлиши мумкин" - эксперт Махачев - Гарри жанги ҳақида гапирди 0 15:12Тожикистонлик спортчи Бенеил Дариушни жангга чорлади 0 14:30ФИФА атрофида машмаша: Инфантино 30 миллион долларлик маошни кўзлаган 0 13:56Махачев: "Мени мағлуб этиш мумкин, аммо…" 0 13:28Гулруҳбегим Тохиржонова "Granada Chess Open 2026" турнири ғолибига айланди 0 12:43WBA рейтинги янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи, Абдуллаев илк бор рейтингга кирди 0 12:11"Реал"нинг янги трансфери барбод бўлиш мумкин. Нега? 0 11:25WBO Бектемир Мелиқўзиевнинг вазнига ўтган Жанибек Алимханулини рейтингининг юқори поғонасига жойлади 0 10:49Акбар Исломбоев LFA 240 турнирида жанг қилади. Рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 10:10Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 09:44Суперлига. Бугун бизни 3 та қизиқарли учрашув кутмоқда 0

21 avg 14:06
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #4: Elnur Abduraimov

Bugun Gamburgdagi jahon chempionatida -60kg vazn toifasida jang qiladigan bokschimiz Elnur Abduraimov haqida gaplashamiz.

1994 yilda tavallud topgan Elnur Abduraimov uchun ushbu jahon chempionati ikkinchisi hisoblanadi. O'z vazn toifasida favoritlardan biri hisoblanadigan Elnur 2015 yilda Dohada bo'lib o'tgan dunyo birinchiligida ishtirok etgan va bronza medali sohibiga aylangandi.

Abduraimov 2015 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Rio Olimpiadasiga yo'l olgandi. Ammo, Elnurdan tashqari boshqa bir bokschimiz Xurshid Tojiboev WSB janglari orqali ham Braziliya Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Yakunda, terma jamoa murabbiylar shtabi Tojiboevni Rioga olib ketgandi.

Malumot uchun, shuni aytib o'tishimiz lozimki, Elnur Abduraimov Dohada Rio Olimpiadasi licenziyasi uchun bo'lib o'tgan jangda braziliyalik Robson Konseysaoni mag'lubiyatga uchratgan. Konseysao Rioda bo'lib o'tgan Olimpiadada oltin medal sohibiga aylangandi. U ushbu yo'lda Olimpiada chorak finalida Tojiboevni mag'lubiyatga uchratgandi.



Elnurning 2015 yilgi JCHdagi ishtiroki haqida gapiradigan bo'lsak, u janglarda Jazoir, Yangi Zelandiya va Mo'g'uliston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqqandi. Yarim finalda esa uch karra jahon chempioni, kubalik Lazaro Alvaresga mag'lub bo'lgandi.

Keyinchalik sportchimiz o'z vazn toifasini -64 kg ga o'zgartirdi. Elnur ushbu vaznda O'zbekiston chempioniga aylandi. O'zbekiston chempionati finalida Iqboljon Xoldorovni mag'lubiyatga uchratgan.
WSB janglarida ham Abduraimov -64 kg vazn toifasida qatnashdi.

SHu yilning may oyiga kelib u yana o'zining qadrdon vazniga -60 ga qaytadi. Ushbu vazn toifasida Toshkentdagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi va oltin medal sohibiga aylanadi. Gamburgdagi jahon chempionatiga yo'llanmani Elnur ham boshqa bokschilarimiz singari poytaxtimizda bo'lib o'tgan qita birinchilida qo'lga kiritgandi.



Ushbu vazn toifasida Elnurning asosiy raqiblari so'zsiz kubalik Lazaro Alvares hisoblanadi. Bokschimiz Alvaresga uch marotaba yutqazgan. Janglardan biri JCH yarim finali doirasida bo'lsa, yana ikkita jangda u WSB musobaqasida to'qnash kelgan. Undan tashqari mazkur vazn toifasida Elnurga xitoylik Jun SHan, hindistonlik SHiva Tapa (OCH-2017 finalida aynan uni mag'lubiyatga uchratgandi), rossiyalik Gabil Mamedov va ukrainalik Yuriy SHestaklar muammo tug'dirishi kutilmoqda.

O'zbek boksi muxlislari jahon chempionatida Elnur Abduraimovdan medal kutmoqdalar. Bokschimiz Germaniyada kamida yarim finalga etib borishi shart!


Aziz To'xtamurodov

Reyting:    

Fikrlar

   
21 avg 19:43:35
я узбек
Shaxobidin 56 kg da Elnur -60 menimca 2 bokscimiz ni boy va gavdasida umumn farq yoq.56 kg da 2 ta kucli bokscimiz bor murodjon va Shaxobidin agarda ularni boylarni taqoslasak shaxobidinniki uzinroq bu bn nima demoqciman, Shaxobidin vazinini -60 kg qilsa ham boladi aniq Elnurdan kop sovrinlarga ega boladi
   
21 avg 17:03:03
JasurBeK
Unda Jalolovdan ham medal kutamiz.
   
21 avg 16:21:51
Bek
JasurBeK foydalanuvchining fikriga javob berish
Maximum bronza . Bundan ortigini undan kutiw noo'rin.64.91.91+lar hozircha kuchsiz kurinmoqda. Qolgan 7vaznda medallar kutsak arziydi
+91 кг.да имконият саыланиб қолган. Бу Баходир Жалоловнинг кучлилигидан эмас, балки Рио олимпиадасидан кейин мазкур вазннинг энг кучли боксчилари Филип Хргович, Иван Дычко, Жозеф Жойс ва Тони Йокаларнинг профессионал боксга ўтиб кетганлиги билан боғлиқ. Ушбу омиллар туфайли, Баходир Жалолов ўз вазн тоифасида ЖЧда 1-рақамли боксчи сифатида тавсифланади ва чорак финалгача Озорбайжонлик Магамедрасул Межидов, Англиялик Фрейзер Кларкларга рўпаро келмаса, ундан бронза медалини умид қилса бўлади.
   
21 avg 16:12:33
JasurBeK
Maximum bronza . Bundan ortigini undan kutiw noo'rin.64.91.91+lar hozircha kuchsiz kurinmoqda. Qolgan 7vaznda medallar kutsak arziydi
   
21 avg 15:49:15
Bek
Ярим финал Эльнурнинг энг юқори натижаси манимча.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing