So’nggi yangiliklar

16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0

22 avg 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #5: Iqboljon Xoldorov

Germaniyadagi jahon chempionatida -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

O'zbek boksi muxlislariga may oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan so'ng tanilgan Iqboljon Xoldorov 1997 yilda Andijonda tug'ilgan.

Fazliddin G'oibnazarovdan so'ng bu vazn toifasida Elnur Abduraimov ringga chiqa boshlagandi. Ammo, Osiyo chempionatida Elnur o'zining sevimli vazniga qaytarildi. -64 kg vazn toifasida esa O'zbekiston chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Iqboljon Xoldorov terma jamoa azosiga aylandi.

Ushbu vazn toifasi boksda eng qiyin va shu bilan eng tomoshabop hisoblanadi. Bu ham Iqbolga o'ziga hos masuliyatni yuklaydi. Mazkur vazn toifasi bokschisida bo'lishi lozim bo'lgan hislatlar: tezkorlik va chaqqonlik unda topiladi. Sportchining statistikalarini ko'zdan kechirar ekanmiz, u O'zbekiston chempionatida ikki marotaba finalga chiqib, ikkalasida ham kumush medal bilan kifoyalangan ekan.



2015 yilgi chempionat yarim finalida u bugungi kunda professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan va yaxshigina reyting ochkolariga ega bo'lgan Qudratillo Abduqahhorovni mag'lubiyatga uchratgan ekan. Finalda esa Fazliddin Meliboevga imkoniyat boy berilgan.

2016 yilgi O'zbekiston chempionatida esa finalda Elnur Abduraimovga yutqazib qo'ygan.

Gamburg turniri Iqbol uchun ilk jahon chempionati hisoblanadi. Turnirga u Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida yo'llanmani qo'lga kiritgan. Sportchimiz qita birinchiligida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylangandi.



Ushbu JCH Iqbol uchun tajriba maktabi vazifasini o'tashi kutilmoqda.

-64 kg vazn toifasida JCH favoritlari qatorida armanistonlik Xovannes Bachkov (Evropa chempioni), Ozarbayjon vakili Lorenco Sotomayor (Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, uni finala Fazliddin G'oibnazarov mag'lub etgani yodingizda bo'lsa kerak) , kubalik Endi Kruz Gomes (Iqboljon "Uzbek Tigers" safida unga yutqazib qo'ygan), Germaniya sharafini himoya qiluvchi Artyom Xarutyunyanlar etirof etilmoqda.

Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida Xoldorovning qaysi bosqichga etib bora olishi borasida taxmin bildira olmaymiz. Undan faqat va faqat syurprizlar kutib qolamiz!


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +2   

Fikrlar

   
22 avg 19:01:36
Bahodir
Артём Харутунян Германия,
Артур Григорянни куёви булган булиши керак.
2 ярим йил олдин уйланиш арафасида эди.
Новосибирскда APB жангларига келишгандилар, Харутунян ютказиб куйганди Россияликга, бизлардан Латипов козокга юткизган, шунда Артур айтиб колганди, якин орада Артём куёвим булади деб. Артём Германияда тугилган, арманчани хам русчани хам билмайди экан.
   
22 avg 11:27:41
JasurBeK
Eng ojiz vaznlarimizdan biri. Yuqoridagi fikrga quwlgan holda nemis vakili bu vaznda oltin uchun eng asosiy davogar. Bundan tashqari,uni uz uyida musoboqa buladi. Iqboljon uchun 1/4 (chorak final) ham yaxwi natija.
   
22 avg 10:08:55
Bek
Иқболжон Осиё чемпионатида яхши таассурот қолдирди. Аммо унда бир оз халқаро тажриба ва ҳужумкорлик етишмаяпти. Унинг максимум натижаси ярим финал. Ушбу вазнда кўпгина спорт экспертлари томонидан Германиялик Артём Харутюняннинг имкониятини юқори бахолаб, жахон чемпионлигини қўлга киритишини прогноз қилишмоқда.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing