So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

23 avg 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #6: SHahram G'iyosov

Bugun Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida ringga chiqadigan SHahram G'iyosov haqida gaplashamiz.

Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan 24 yoshli SHahram G'iyosov ilk marotaba jahon chempionatida qatnashadi. Albatta jahon chempionatidagi debyut SHahramning tajribasiz ekanligini bildirmaydi. G'iyosov O'zbekistonda Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri sifatida etirof etiladi.

SHahram 2015 yilda O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. 2016 yilda esa licenzion musobaqada ishtirok etib, Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Aynan o'sha yili u "Uzbek tigers" safida WSB janglarida ishtirok etgan va jamoa bilan yarim finalga qadar etib borgandi.



2016 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtirok SHahramga shuhrat olib keldi. Bokschimizning g'alabani "Ronalducha uslub"da nishonlashi esa chet el OAVlari diqqat markazida bo'ldi. O'z jangini shouga aylantirib yuboradigan SHahram G'iyosov Rio Olimpiadasida finalgacha etib bordi. Bokschi bu yo'lda jahon chempioni Muhammad Rabiini, shuningdek Olimpiada chempioni Roniel Iglesiasni mag'lubiyatga uchratgandi. Yakunda qozog'istonlik Daniyar Eliussinovga imkoniyat boy berilgan.

G'iyosov jahon chempionati yo'llanmasini Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida naqd qilib olgan. O'shanda u barcha raqiblaridan ustun kelib, Osiyo chempioniga aylangan.

Ushbu vazn toifasida SHahram G'iyosovga Roniel Iglesias (Kuba), Pat MakKormak (Angliya), Abass Baraou (Germaniya), Abilxon Jussupov (Qozog'iston) kabi bokschilar raqobat tug'dirishi kutilmoqda.



Fikrimcha, SHahram G'iyosov mazkur turnirda jahon chempioni unvoni uchun bemalol kurasha oladi. Muxlislar bokschidan oltin medal kutmoqdalar. U jahon chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng yana bir marotaba Olimpiada chempionligi uchun kurashib ko'rishi lozim. Ana shundan so'ng SHahram professional boksga o'tishi lozim. CHunki, professional boksda unga o'xshagan bokschilar o'z yo'lini topib keta oladilar.

Aziz To'xtamurodov

Reyting: +1   

Fikrlar

   
23 avg 22:14:53
Bahrom
Шахрамга омад тилайман.
   
23 avg 09:30:14
Aslanbek
Кубалик Рониэль Иглесиас хам унга муаммо туғдириши мумкин. Худо хохласа Шахрам ЖЧ 2017 дан олтин медаль билан қайтишига ишонамиз.
   
23 avg 09:22:25
Bek
Ҳақиқатда Шахрамга Абасс Бараоу мезбон боксчи сифатида муаммо туғдириш эхтимоли юқори. Айни вақтда Шахрамда жахон чемпиони унвонини қўлга киритиш имконияти мавжуд ва буни амалга ошириш фақат уни ўзига боғлиқ.
   
23 avg 09:02:27
JasurBeK
Waxramga nemis bow og'riq buliwi mumkin. Kuchliligidan emas,balki mezbon bulganligi uchunnam. Qolganlari bilan bemalol jang qilsa buladdi. Minimum kumuw,maximum oltin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing