So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

24 avg 12:35
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Ular JCHga boradilar #8: Bektemir Meliqo'ziev

Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida -81 kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini Bektemir Meliqo'ziev himoya qiladi.

1996 yilda Farg'ona viloyatida tavallud topgan Bektemir Meliqo'ziev O'zbekistonning eng ishongan bokschilaridan biri hisoblanadi. Gamburgdagi turnir Bektemir uchun ilk jahon chempionati emas. U 19 yoshida Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionatida finalgacha etib borib, kumush medal sohibiga aylangandi. Yaqinlashib kelayotgan turnirda Bektemirdan ushbu kumushni oltinga aylantirish talab qilinadi.

2014 yilda bo'lib o'tgan Nankin o'smirlar Olimpiadasida chempionlikni qo'lga kiritgan Bektemir, keyingi yili 19 yoshida O'zbekiston chempionatida kattalar o'rtasida tengsiz deb topiladi. Aynan o'sha 2015 yilda bokschi kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida -75kg vazn toifasida oltin medal sohibiga aylanadi. Keyinchalik, Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib boradi. Finalda esa kubalik tajribali Arlen Lopesga imkoniyatni boy berib qo'yadi.

2016 yilgi Rio Olimpiadasida ham Bektemir muvaffaqiyatli ishtirok etadi va finalgacha etib boradi. Finalda esa yana o'sha Arlen Lopes bokschimizni oltin medaldan mosuvo qiladi va yakunda Meliqo'ziev Olimpiya o'yinlarining kumush medali bilan kifoyalanadi. Xar holda 20 yoshli yigitcha uchun Olimpiada finaliga chiqish yomon natija emas, nima dedingiz?



Rio Olimpiadasidan so'ng Bektemir Meliqo'ziev o'z vazn toifasini o'zgartiradi. Endi -81 kg vazn toifasidagi janglarda qatnashadigan bokschi WSB janglarida "Uzbek Tigers" uchun muhim bo'lgan ochkolarni taqdim etadi.

May oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida esa bokschi barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo chempioniga aylanadi. O'sha turnirda Bektemir to'rtta jang o'tkazib, ikkitasida raqiblarini nokautga uchratgan. Yana ikkita jangida esa to'liq ustunlik bilan 5:0 hisobidagi g'alabalarni qo'lga kiritgandi. Aynan o'sha chempionlik bokschi uchun Gamburgda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etgan.

-81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo'zievga kubalik Xulio Sezar La Kruz halal berib qolishi mumkin. Bokschimiz "Uzbek Tigers" safida unga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ushbu JCHda unda revansh olish imkoniyati bo'ladi. SHuningdek, irlandiyalik Jozef Uord, rossiyalik Muslim Gajimagomedovlar biroz muammo tug'dirishi kutilmoqda.



JCH va Olimpiada finaliga chiqib, kumush medalni qo'lga kiritgan bokschimizning navbatdagi natijasi oltin bo'lishi lozim. U bir insonga Tokio Olimpiadasida oltin medal qo'lga kiritishni vada qilib qo'ygan. Tokio yo'lida esa Gamburg va Sochi turnirlarida qo'lga kiritilgan oltin medallar halal bermagan bo'lardi.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
24 avg 12:50:05
JasurBeK
Medal oliw uchun eng asosiy davogar. Finalda "The Doctor"la cruz bn uchrawib oltin oliqiga tilakdowman. Omad. Lekin raqibi qochiw buyicha bemalol hattoki Mayvezrgayam dars beradi.
Men kutayotgan janglar:49kg:Dusmatov vs Yegorov.Dusmatov vs Argilagos
52kg:Latipov vs Veita 75kg: Madrimov vs Amankul 2. Madrimov vs Lopez 2. Madrimov vs Xijniyak. 69kg: G'iyasov vs Jusupov 2. G'iyasov vs Cotolongo 3. 81kg: Meliquziyev vs xulio la cruz 2. Qur'a wunday bulsa zur bulardi. Iloji busa cubaliklar bn 1/4larda uchrawsak yaxwi
   
24 avg 16:16:18
Ихтиёр
Бектемирга ишонамиз. уша Хулио ла Круз бн жангдаям кочмасдан 1-раунддан факат олдинга бориб жанг килса ютади.
   
24 avg 15:47:47
Bek
Лекин Бектемир Мелиқўзиев хозирги кунда терма жамоанинг энг ишонган 3 нафар боксчисидан бири ҳисобланиб, мазкур мусобақада кўпчилик мухлислар ундан фақат ва фақат олтин кутишмоқда.
   
24 avg 15:44:44
Bek
JasurBeK foydalanuvchining fikriga javob berish
Medal oliw uchun eng asosiy davogar. Finalda "The Doctor"la cruz bn uchrawib oltin oliqiga tilakdowman. Omad. Lekin raqibi qochiw buyicha bemalol hattoki Mayvezrgayam dars beradi. Men kutayotgan janglar:49kg:Dusmatov vs Yegorov.Dusmatov vs Argilagos 52kg:Latipov vs Veita 75kg: Madrimov vs Amankul 2. Madrimov vs Lopez 2. Madrimov vs Xijniyak. 69kg: G'iyasov vs Jusupov 2. G'iyasov vs Cotolongo 3. 81kg: Meliquziyev vs xulio la cruz 2. Qur'a wunday bulsa zur bulardi. Iloji busa cubaliklar bn 1/4larda uchrawsak yaxwi
1/4 учрашишни хеч иложи йўқ. Сабаби, сиз томонингиздан кўрсатиб ўтилган боксчилар AIBA рейтингида юқори ўринларда туришади ва қуръа ташлашда уларнинг кўпчилиги бир саватдан жой олади ва камида 1/2 финалда бир-бирига рўпара келади.
   
24 avg 13:58:04
Jokovich
bu vazndagi yana bir kuchli bokschilardan biri Tojikistonlik Shabbos Nig`matullayevdir
   
24 avg 12:48:04
Aslanbek
Бектемир Гаванада "Uzbek Tigers" сафида Хулио Ла Крусга хакамларнинг нохолислиги туфайли "имкониятни бой бериб қўйган" эди. Германияда бўлиб ўтадиган навбатдаги жахон чемпионатида боксчиларимизга куч қувват, омад, хакамларга эса инсоф тилаб қоламиз.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing