09 iyu 09:45
Yangiliklar
Ular Tokioga borishadi: Ikkinchi Olimpiada medalini ko'zlayotgan Magomed Ibragimov
Magomed Idrisovich Ibragimov 1985 yilning 2 iyun kuni dunyoga kelgan. Kasum Nasrudinov va Mayrbek Yusupov qo'l ostida erkin kurash sir-asrorlarini o'rgangan. Xalqaro musobaqalarda -97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda.
Magomed Ibragimov Rio-2016 Olimpiadasida terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgan. U 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkazilgan 18-Osiyo o'yinlarida ham bronza medalini qo'lga kiritgan. 2017 yili Nyu-Dehli, 2018 yilda esa Bishkekda Osiyo chempioni bo'lgan. SHuningdek, u bir qator nufuzli musobaqalarda ham g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan. Ko'rsatgan natijalari uchun “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
SHu yil Qozog'istonda o'tgan Osiyo licenzion turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasini rasmiylashtirdi.
Fikrlar