20 iyu 19:36
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ulmeken Esenbaeva Osiyo chempionati kumush medali sohibasi
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda ayollar kurashi bo'yicha final bellashuvlari o'tkazilyapti. Hozirgina 61 kg vazn toifasida final uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulmeken Esenbaeva afsuski, hindistonlik Savita Savitaga imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Esenbaeva o'tgan yili kadetlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar