24 avg 21:49
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ulug'bek Rashidov U-17 Jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi
Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 Jahon chempionatida erkin kurash bellashuvlari davom etmoqda.
Etiborlisi, musobaqaning bugungi kuni doirasida 48 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz, 16 yoshli Ulug'bek Rashidov oltin medalga ega chiqdi.
Unga finalda eronlik Amirabbas Zolfali Alizade raqiblik qildi.
Bellashuvda yosh kurashchimiz 11:0 hisobida zafar quchdi va Jahon chempioniga aylandi. Bu O'zbekiston terma jamoasining mazkur musobaqa doirasidagi ilk oltin medaliga aylandi. Avvalroq, yunon-rum kurashchilarimiz 1 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqishgan edi.
Endilikda Ulug'bek ikki karra Osiyo chempioni (U-15, U-17) hamda Jahon chempioni (U-17) hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar