22 noy 10:54
Yangiliklar

Ulug'bek Sobirov 5 dekabr kuni Misrda jang o'tkazadi + FOTO
Bo'lajak jangda charm qo'lqop ustamizga Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Jabulani Makenze raqiblik qiladi. Makenze prof ringda 12 ta jang o'tkazib, 11 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Hisobida bitta nokautli mag'lubiyat ham bor.
Ulug'bek Sobirov so'nggi jangini shu yilning 26 fevral kuni Misrda tanzaniyalik Tava Kassimga qarshi 10 raundlik jang o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Sobirov prof boksda Makenze singari 12 ta jang o'tkazib, 11 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Mag'lubiyatlari soni ham bitta.
Hamyurtimiz ayni paytda Andijonda bo'lajak jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. U 3 dekabr kuni Misr poytaxti Qohira shahriga jo'nab ketadi.
Fikrlar