09 iyu 13:07
Yangiliklar
Umar Kremlyov Tomas Bax bilan munosabat haqidagi savolga javob qaytardi
"Tomas Baxga munosabat o'zgarmagan. Ularda muammo bor. Boksni Olimpiadadan olib tashlashadi deyishmoqda, ammo ular bunday qila olishmaydi, chunki bu pullar olib kelyapti. Tomas Bax va boshqa rahbarlar esa u erda pul uchun, yanada boyish uchun o'tirishibdi.
Xalqaro boks federaciyasi esa mustaqillik tarafdori. Bizning majburiyatimiz - sportchilarni himoya qilish. Associaciya ishlayotgan pullar sportchilarga tegishli.
Biz jahon chempionatlarida katta mukofot pullarini joriy qildik: 10 million dollar. Ayollar o'rtasidagi bahslarda esa 5 million dollar. "CHempionlar oqshomi" - 100 mingdan 1 milliongacha mukofot pullari.
Bu marketing va telehuquqlar orqali. Lekin barchasi sportchilarga beriladi. Tomas Bax esa o'zini xalqaro siyosiy instrumentlardek tutmoqda, lekin bu jamoatchilik harakati", - dedi Kremlyov.
Fikrlar