28 okt 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Nurmagomedov Dana Uaytning o'zi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov Dana Uaytning UFC 321 turniridagi uning jangi haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
Uaytning takidlashicha, "Yosh Burgut" amerikalik Mario Bautista ustidan mutlaq ustunlik ko'rsatmagan. Jang uch raund davom etdi va Umar Nurmagomedov yakdil qaror bilan g'alaba qozondi.
"O'zim ham juda mamnun emasman. Yana jang qilishga tayyorman. Yana, yana va yana. Qancha kerak bo'lsa, shuncha marta jang qilaman, lekin kamarga etib boraman", — deb yozdi Nurmagomedov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar