29 okt 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Nurmagomedov keyingi jangini qachon o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
UFC jangchisi Umar Nurmagomedov keyingi jangini yanvar oyida o'tkazishga tayyor.
"Qafasga imkon qadar tezroq qaytmoqchiman. Tez orada yangiliklar bo'ladi. Yanvar. Ular akasi sabab mazza qilib yuribdi deyaverishsin, ammo kechroq bo'lsa ham o'z kuchim bilan ko'tarilaman", - dedi kichik Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov bir necha kun oldin o'tkazilgan UFC 321 turnirida Bario Bautistani ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar