02 jan 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Nurmagomedov Merab Dvalishviliga qarshi jangi bekor bo'lishi mumkinligiga shama qildi
O'ta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun davogar Umar Nurmagomedov 19 yanvar tongida Merab Dvalishviliga qarshi kechadigan jang o'tkazilishiga ishonmayapti.
Umar Nurmagomedov - Merab Dvalishvili chempionlik jangiga ikki haftadan sal ko'proq vaqt qoldi.
"Merabning jangdan "echilishi" meni ham, boshqalarni ham hayron qoldirmaydi. Hozirning o'zida men ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar va ularning izohlarida Merabning qandaydir jarohati borligi va u shu sabab bilan jangda qatnasha olmasligi mumkinligini o'qiyapman. Garchi shu paytgacha u bunday qilmagan bo'lsam ham, menda bu narsa ishonchsizlik uyg'ota boshladi. O'ylaymanki, u bunday qilmaydi va belgilangan kunda menga qarshi oktagonga chiqadi", - dedi Nurmagomedov.
SHuningdek, Umar Nurmagomedov Dvalishvilining kurashidan qo'rqmayotgani, aksincha uni o'zi parterda mag'lub etishini aytmoqda.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar