So’nggi yangiliklar

19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0

10 mar 19:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Umid Ahmadjonov engilmas bokschimiz Sanjarbek Rahmonov bilan uchrashdi

Ayni paytda faoliyatini Amerika Qo'shma SHtatlarida davom ettirayotgan professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi.

Bokschimizni MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov Sanjar Rahmonovning rejalari bilan qiziqdi. Bundan buyon Milliy olimpiya qo'mitasi sportchi uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini malum qildi.

"Futbolda shunday tizim bor. O'zbekistonlik sportchi xorij klubida o'ynashiga qaramay, terma jamoa miqyosidagi o'yinlarda bizga yordam berishi mumkin. Istaymizki, bokschilarimiz promouterlar bilan shartnoma tuzishidan oldin nufuzli xalqaro turnirlarda O'zbekiston sharafini himoya qilish bandini ham kiritsalar. Bunday holatda ularda ham amaliyot bo'ladi, qolaversa O'zbekiston boks terma jamoasida raqobat kuchayadi. Bugungi kunda AIBA qoidalarga o'zgartirish kiritgan. Unga ko'ra, professional bokschilar Olimpiya va Osiyo o'yinlarida o'z terma jamoalariga yordam berishlari mumkin. Faqat, buning uchun bokschilar promouterlar bilan tuziladigan shartnomada ushbu bandni kiritishlari lozim bo'ladi", - dedi Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari.

O'z navbatida bokschimiz ham samimiy qabul uchun MOQ rahbariga minnatdorchilik bildirdi. Jahon arenalarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishga vada berdi.

Malumot uchun, Sanjarbek Rahmonov ayni paytda afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib bormoqda. U professional ringda 11ta jang o'tkazgan va shularning 10tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda esa durang qayd etgan. U janglarning 5tasida nokaut evaziga raqiblarini mag'lub etganini alohida qayd etib o'tishimiz lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing