16 fev 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Umid qilamanki, biz jang qilamiz". Bektemir Meliqo'ziev Kovalyov bilan bog'liq holatga munosabat bildirdi
Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev Sergey Kovalyovning doping qabul qilganiga ishonmayapti.
"Men Kovalyovning doping qabul qilmaganligi haqidagi gapiga ishonaman. Barcha narsa sodir bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, uni oqlashadi va biz kelasi safar jang qilamiz. Agar Kovalyov toza bo'lsa ortiqcha savolga hojat qolmaydi va biz to'qnashamiz.
Agar jangchi taqiqlangan modda qabul qiladigan bo'lsa bu juda xavfli. Bunga yo'l qo'ymaslik lozim. Ammo xato o'tishi ham mumkin, buni ko'rganmiz. Xech kimni ayblamoqchi emasman, hozircha rasmiy malumot yo'q, shuning uchun xech narsa demayman. Ammo kimdir dopingdan foydalansa, bu dahshat", - dedi Meliqo'ziev.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar