30 sen 07:52
Yangiliklar
Umidjon Jalolov va yana ikki erkin kurashchimiz Rossiyadagi turnir g'olib va sovrindoriga aylandi
Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa doirasida o'zbekistonlik kurashchilar ham g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Jumladan, o'smirlar o'rtasidagi Olimpiada chempioni Umidjon Jalolov finalga qadar etib keldi. U hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakili Ayxerel Arijini mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
74 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan yana bir yosh erkin kurashchimiz Jafar CHo'liboev ham finalga qadar etib keldi. Biroq u jarohati tufayli so'nggi bahsni o'tkazib yubordi va kumush medalga ega chiqdi. 97 kg vaznli Ravshanbek Jumaboev esa musobaqada bronza medalini o'ziniki qildi.
G'olib va sovrindorlar:
65 kg vazn toifasi
1. Umidjon Jalolov (O'zbekiston)
2. Ay-Xerel Ayiji (Kemerovo)
3. Aripgadjiyav Abdulaev (Kaliningrad)
3. Ezir Tyulyush (Tiva).
74 kg vazn toifasi
1. Aleksandr Baltuev (Buryatiya)
2. Jafar CHo'liboev (O'zbekiston)
3. Ramazan Yakubov (Krasnoyarsk)
3. Alibek Abdimkasimov (Qozog'iston).
97 kg vazn toifasi
1. Maksim Tolmachev (Krasnoyarsk, Saxa-Yakutiya)
2. Vasiliy Pavlyuchenko (Belarus)
3. Abuxayir Surxaev (Novosibirsk)
3. Ravshanbek Jumaboev (O'zbekiston).
Fikrlar