So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

17 okt 14:07
Yangiliklar

Sport kurashlari

Umidjon va Rushana Turkistonda chempion bo'lishdi + FOTO

Qozog'istonning Turkiston shahrida erkin kurash bo'yicha xalqaro xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

General-mayor Sobir Rahimov xotirasiga bag'ishlab o'n oltinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada mezbonlardan tashqari O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston hamda Rossiya davlatidan kelgan 2002-2004 yillarda tavallud topgan erkin kurashchilar gilamga chiqmoqda. 

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz xalqaro turnirning ilk kuni uchta medalni qo'lga kiritishdi 65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan O'smirlar Olimpiadasi g'olibi, yoshlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni Umidjon Jalolov oltin medalga ega chiqdi. SHu vaznda qatnashgan yana bir kurashchimiz Zafarbek Ataxanov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda ham kurashchimiz g'alabasiga O'zbekiston madhiyasi yangradi. Navoiy viloyati vakilasi Rushana Abdurasulova 59 kg vazn toifasida musobaqa g'olibasiga aylandi. Bugun Sevara Rizaeva (53 kg) va Sevinch Sultonova (62 kg) medallar uchun kurashmoqda. Xalqaro turnirda referimiz To'ymurod Adizov hakamlik qilyapti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing