01 jan 23:56
Yangiliklar
Umidli qozoq UFC jangchisi Damir Ismagulov faoliyatini yakulaganini elon qildi
Asli rossiyalik, Qozog'iston nomidan UFC oktogonida jang qilib kelgan 31 yoshli Damir Ismagulov (24-2) sportchilik faoliyatini yakunladi.
"Afsuski, sog'lig'im bilan bog'liq muammolar tufayli sportdagi faoliyatimni yakunlashga majburman. Janglarda qanday natija bo'lishidan qatiy nazar, yonimda bo'lgan, chin dildan muxlislik qilgan va qayg'urgan barchaga rahmat. Bu doimo yodda qoladigan qiziqarli sayohat bo'ldi. Hammani quchib qolaman", - deb yozgan Ismagulov Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasida.
Ismagulov so'nggi bor 2022 yil 17 dekabr kuni Las-Vegas (AQSH)da tashkillashtirilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Arman Carukyan (18-3)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar