28 jan 12:28
Yangiliklar
Dzyudo
Umumjamoa hisobida kuchli to'rtlikdamiz
Almada shahrida o'tkazilayotgan Portugaliya Gran-prisining birinchi kungi bahslari terma jamoamiz uchun omadli keldi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilovov finalda vazn etakchilaridan biri An Baul (Janubiy Koreya)ni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu esa O'zbekistonning medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida kuchli to'rtlikka kirib olishiga xizmat qildi.
Bizdan yuqorida turgan Janubiy Koreya, Qozog'iston va Buyuk Britaniya terma jamoalari hisobida ham bittadan oltin medal bor. Faqat kumush va bronza medallari evaziga ular bizdan yuqoriroqda joylashishgan. Beshinchi o'rindan joy olgan Yaponiya terma jamoasi ham 1 ta oltin medalga ega bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar