20 may 07:22
Yangiliklar
"Unga bu xabarimni etkazing": Maxachev Oliveyraning murabbiyiga murojaat qildi
"Oliveyraning murabbiyi mendan Braziliyada jang qilishimni so'radi. Unga xabarimni etkazing: "Men uning mamlakatiga otda boraman, chempionlik kamarini olib, Dog'iston tog'lariga olib qaytaman. Uning joyi shu er!", — deb yozadi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, CHarlz Oliveyraning murabbiyi Diego Lima o'z tarbiyalanuvchisi rossiyalik Islam Maxachev bilan ehtimoliy jangi haqida gapirgandi. U Abu-Dabi o'rniga Braziliyada jang qilish istagi borligini ham bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra Getjiga qarshi oktagonga ko'tarilib, birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozongandi. Biroq, ushbu divizionda kamar vakant qolmoqda. Bunga sabab CHarlz jang oldi tarozidan o'ta olmagandi.
Islam Maxachev esa navbatdagi jangini Beneil Dariushga qarshi o'tkazishi kutilmoqda. Jang sanasi hali nomalum.
Fikrlar