11 iyu 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA
"Unga UFC turniriga kelish taqiqlanmagan" - Dana Uayt chempion haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt o'rta vazn chempioni SHon Striklendga Oq uydagi UFC Freedom 250 turniriga qatnashish taqiqlangani haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"SHon Striklendga turnirga kelish taqiqlanmagan. Hech kim chetlatilmagan. Hech kimning musiqasi taqiqlanmagan. Hech bir jurnalistga taqiq qo'yilmagan. Bu haqda turli mish-mishlar ko'payib ketgan, ammo haqiqat shundaki, hech kim ushbu tadbirdan chetlashtirilmagan", — dedi Uayt.

Havola :
Manba : MMa Fighting
Fikrlar