21 may 13:30
Yangiliklar
"Uni o'z uyida mag'lub etmoqchi edim". Saken Bibossinov Toshkentdagi JCH haqida gapirdi
"Men Hasanboy Do'smatovni ham, franciyalik Bennam Bilalni ham mag'lub etganman. Ularning o'zaro jangini tashqaridan turib kuzatish biroz og'ir bo'ldi albatta. Jang qiziq o'tdi. Men Hasanboy bilan o'zim jang qilib, uni o'z uyida mag'lub etmoqchi edim.
Keyingi jangda uni mag'lub eta olishimga ishonamanmi? Ishonaman. Ishlashda davom etamiz. Uni chin ko'ngildan tabriklayman. Finalda yaxshi jang ko'rsatdi va haqli tarzda g'alaba qozondi.
Oldinda Osiyo o'yinlari va boshqa turnirlar bor. Olimpiada ham. Hozir o'zaro hisob - 1:1. U ham menga qarshi jang qilishni istagandi. Biz u bilan yaxshi aloqadamiz. Uchrashib qolsak salomlashamiz. U tomonidan menga qandaydir yomon gap aytilganini eshitmaganman", - dedi Bibossinov.
Fikrlar