25 apr 17:57
Yangiliklar
“Universal Horses Stable” ot sporti klubidan FOTOREPORTAJ
Unda Evrosiyo ligasiga azo Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston kabi 11 mamlakatning sara chavandozlari g'oliblik uchun bahs olib borishyapti. CSI1*-W tasnifidagi musobaqaning birinchi kunida sportchilar 120 sm. va 130 sm. balandlikdagi to'siqlardan sakrab o'tish yo'nalishida o'zaro bellashishdi.
Ahamiyatlisi, balandligi 120 smni tashkil etgan to'siqlarni zabt etishda O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev g'alaba qozondi. SHuningdek, 130 smli to'siqlarda qirg'izistonlik Andrey Tryapicin eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Evroosiyo ligasining I-bosqich musobaqalari 30 aprelga qadar davom etadi.
Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar