So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

06 iyu 18:10
Yangiliklar

Tadbirlar

Urganchdagi ommaviy yurish marafoni bayramga aylanib ketdi FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizning barcha yirik shaharlarida bo'lgani kabi bugun Urganchda Xalqaro Olimpiya kuni keng nishonlandi.

Al-Xorazmiy ko'chasining belgilangan joyiga davlat va jamoat idoralari, korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari, sportchilar, qo'yingki, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan viloyat markazining sportsevarlari jam bo'ldi. Ular o'z xohish va istaklari bilan ushbu o'tkazilayotgan tadbirda ishtirok etishdi. 

Soat millari ertalabki 8 dan 8 daqiqa 8 soniya o'tganida bayram ishtirokchilari ommaviy yurish marafonini boshlab, Jaloliddin Manguberdi yodgorligi sari yo'lga tushishdi. 

Birinchi qatorda Xorazm viloyati hokimi F. Ermanov, uning o'rinbosarlari, boshqa rahbarlar o'rin tutishgandi. Eng oldinda Milliy gvardiyaning otliqlari, “Vatanparvar” tashkilotining bayroqlar bilan bezatilgan engil mashinalar, ular izidan velosportchilar va motopoygachilarning kelyapti. 

Tadbir ishtirokchilarning safi esa bir necha yuz metrga etgandi. Tabiiyki, bu tadbirga o'zgacha fayz va tarovat bag'ishladi.

Nihoyat, “Sport-sog'lik garovi!”, “Sport-tinchlik elchisi!”, “Biz sog'lom turmush tarafdorimiz!”, “Sog' tanda-sog'lom aql”, “Jismoniy tarbiya va sport - barkamollikka eltuvchi kuchdir!”, “Tokio sari yo'l” singari shiorlar bitilgan bannerlarni, davlatimiz va besh qitani ifoda etuvchi birikkan besh xalqa tushirilgan Olimpiada bayrog'ini ko'tarib olgan ommaviy yurish marafoni qatnashchilari ko'tarinki kayfiyat bilan Jaloliddin Manguberdi yodgorligi xiyoboniga etib kelishdi. 

U erda sho'x kuy va qo'shiqlar yangradi. Tadbir ishtirokchilari dildan raqsga tushishdi. Tantanali marosimda viloyat hokimi o'rinbosari S.Salaev so'zga chiqib, barchani Xalqaro Olimpiya kuni bilan muborakbod etdi. 

O'z navbatida ommaviy yurish marafonida 52 000 nafardan ziyod kishi qatnashgani etirof etildi. Bu shuncha hamyurtimiz sportga hamnafas bo'ldi, uning havosidan nafas oldi, deganidir. 

Bir so'z bilan aytganda, Xalqaro Olimpiya kuniga bag'ishlangan mazkur tadbir bayramga aylanib ketdi, go'yo. Endilikda uni ancha vaqtgacha eslab yurishadi. Bu mubolag'a emas, albatta!

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing