18 iyu 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

"Urush qilmoqchiman". Pore - Xolloueyga qarshi uchinchi jang haqida
UFC yulduzi Dastin Pore Maks Xolloueyga qarshi uchinchi jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Jang 20 iyul kuni Nyu-Orleandagi UFC 318 turnirida bo'lib o'tadi va kechaning markaziy jangi bo'ladi.
"Har bir ko'z yoshi, har bir tomchi qon va chiqadigan har bir ter bunga arzidi. Agar 17 yoshimga qaytib borish imkonim bo'lganda ham, MMA yo'lini tanlardim. Xolloueyga qarshi ushbu jangim eng yaxshisi bo'lishini xohlayman. Bu men uchun so'nggi jang. Men hozirgi kun bilan yashayapman va "oxirgi raqsdan" maksimalni olmoqchiman. Maksga qarshi jangda urush qilaman — bu tundagi jangga aylanadi. Men Xolloueyni engaman va BMF kamarini qo'lga kiritaman", — dedi Pore Sportskeeda nashriga.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar