So’nggi yangiliklar

23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0

29 dek 12:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Usik: Aleksandr Joshua bilan har qanday jangga tayyor

Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan har qanday jangga tayyorligni aytdi.

Entoni Joshua (24-2, 22 KO) revansh jangiga qanday yondashishi muhim emas, chunki IBF/WBO/WBA yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik (19-0, 13 KO) har qanday jangga tayyor. Bu haqda ukrainalik bokschi Forbes nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Usikning aytishicha, u 2021 yil sentyabr oyida Londonda bo'lib o'tgan (Entoni mag'lubiyati bilan yakunlangan) jangidan keyin Joshuaning juda charchaganini payqagan.

"Men buni Ruiz bilan birinchi jangdan oldin uning charchaganini payqadim. U g'alati ko'rinardi. Lekin nima uchun bu sodir bo'layotgani haqida o'ylamayman. Ehtimol, bazi ichki sabablar bordir. Men sabablar haqida o'ylashni xohlamayman.

Usikning so'zlariga ko'ra, uning ruhiy holati «Joshua bilan jangdan oldin ham, undan keyin ham alo darajada edi».

Uning so'zlariga ko'ra, g'alaba uning hayotini o'zgartirdi, lekin shaxsini emas: «Men hali ham o'z printsiplarim va standartlarim bo'yicha yashayman. Etirofga kelsak, ha, g'alabadan keyin men Evropaning bir qancha davlatlarida bo'ldim va menga yana ko'p odamlar murojaat qilishdi. Men har doim nimaga intilayotganimni bilardim. To'g'ridan-to'g'ri maqsadlarim tomon bordim. Men Fyuri yoki Uaylder bilan jang qilishni xohlardim, lekin hozircha bor etiborimni Joshua bilan revanshga qaratganman. Albatta, u hammasini o'zgartiradi (tayyorgarlikda va taktikada). Hamma narsa yangi bo'ladi. Lekin menga Joshuaning qandayligi, jangga tayyormi yoki yo'qligi qiziq emas. Aleksandr har qanday jangga tayyor», - dedi Usik.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing