04 noy 23:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik CHisoraga qarshi jangda raqibidan uch baravar kam gonorarga ega bo'ldi
Xabaringiz bor, 31 oktyabr kuni Aleksandr Usik Derek CHisoraga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bugun bokschilar shu jang uchun qancha ishlab olishgani malum qilindi. Usik CHisoraga qarshi jang uchun 1,7 million evro ishlab olgan. Qizig'i bahsda imkoniyatni boy bergan Derek esa ukrainalikdan uch baravar ko'p haq olgan.
U 31 oktyabr kungi jangi uchun 4,4 million evroni qo'lga kiritgan. SHuningdek bu summa bir necha barobarga oshishi mumkin, chunki bu erda hali pullik translyaciyadan tushadigan daromad qo'shilmagan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar