04 avg 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Dyubua haqida: "Men unga boshqa raqiblarim kabi munosabatdaman"
Og'ir vazn toifasida WBA Super, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi, ukrainalik Aleksandr Usik 26 avgust kuni Vroclavda (Polsha) britaniyalik Daniel Dyubuaga (19-1, 18 KO) qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi.
“Men unga hurmat bilan qarayman, undan kam emas. Men unga boshqa raqiblarim kabi munosabatdaman. Entoni Joshua yoki boshqa bokschilarga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rsam, mashg'ulotlarda Dyubuaga qarshi jangga ham shunday tayyorlanyapman.
Men hech qachon nokautga etibor bermayman, faqat boksga etibor qarataman. Ammo bazida tajribamga asoslangan oldindan sezish qobilyatim yuzaga chiqadi. Qachonki, jangchi raqibini nokaut qiladigan zarbaga tayyorlanayotganida, u g'alabaga eltuvchi ayrim ustunliklarini yo'qotadi" - deya Usikning so'zlarini keltiradi TNT Sports.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar