25 apr 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Dyubua revansh jangi sanasi malum qilindi
WBC, WBA va WBO yo'nalishlarida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik yozda navbatdagi jangini o'tkazadi.
U 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida IBF kamari sohibi, britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Bokschilar o'rtasidagi birinchi jang 2023 yilning avgustida Polshada o'tkazilgan va unda Usik 9-raundda nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, Usik so'nggi jangini 22 dekabr kuni Ar-Riyodda Tayson Fyuriga qarshi o'tkazgan va yakdil qaror bilan g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar