05 apr 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik Dyubuaga qarshi jang muddati haqida gapirdi
Uchta vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik Daniel Dyubuaga qarshi bo'ladigan jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi navbatda WBA himoyasi - Dyubua bilan jang turibdi. Biz 29 aprel kuni jang qilmoqchi edik, biroq uning tizzasida jarohat bor ekan. Keyin biz IBF yo'nalishida himoya qilmoqchi bo'ldik, biroq WBA o'z so'zida turib oldi.
Katta ehtimol, Dyubuaga qarshi jang yoz oxirida bo'ladi. Buni tasdiqlay olmayman, ammo jamoam bu bo'yicha ishlayapti. Britaniya, Dyubua... Ajoyib. Britaniyaga boraman, u erni juda yaxshi ko'raman", - dedi Usik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar