30 okt 07:28
Yangiliklar
"Usik faoliyatini iloji boricha tezroq yakunlashi kerak" - promouter
"Men bu haqda ochiq fikrimni bildirganman. Usik faoliyatini iloji boricha tezroq yakunlashi kerak. Hatto uning Dyubua bilan jangiga ham qarshi bo'lganman.Lekin u jangning manosi bor edi — uch karra mutlaq chempion bo'lish. Lekin Uordli bilan jang qilishning nima keragi bor? Unga hurmat bilan qarayman, lekin Usik nuqtai nazaridan gapiraman. Bu erda pul ham sabab emas, chunki bu jangda katta mablag' yo'q. Faqat mo'jiza ro'y berib, ko'k vertolyotda sehrgar kelib, boksni egallab, Usikka 50 million dollar bersa, shundagina mano bo'ladi.
Boshqa holda — nega u so'nggi 13 yilda erishgan barcha yutuqni xavf ostiga qo'yishi kerak? U uch karra mutlaq chempion. Agar yutqazsa, odamlar faqat shu mag'lubiyatini eslaydi.
Lennoks Lyuis — eng yaxshi misol. "Yaxshisi, bir soat oldin ket, ikki daqiqa kech emas" degan gap bor. Men ham shunday fikrdaman. Usikning mutlaq chempion sifatidagi maqomi, mag'lubiyatsiz jangchi sifatidagi obrusi uning umrining oxirigacha saqlanadi va uni boks afsonasi sifatida qoldiradi — ehtimol, kelgusi asrlargacha", — dedi Krasyuk.
Fikrlar